Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi universitet hududida oʼzini 4-qavatdan tashlab, oʼz joniga qasd qildi. Bu haqda Repost nashri xabar qildi.
Maʼlumotlarga koʼra, voqea 29 aprel kuni soat 08:10 da sodir boʼlgan.
Hozirda huquq-tartibot idoralari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Qoʼshimcha maʼlumotlar taqdim etilishi maʼlum qilindi.