Hodisa kecha, 2-may kuni soat 15:00 atrofida Yangi qoʼrgʼon qishlogʼi yaqinida sodir boʼlgan. Soi Mazor sharsharasi choʼqqisiga bir yigit koʼtarilib, u yerda suratga tushmoqchi boʼldi. Natijada u sirpanib, balandlikdan qulagan.
Yaxshiyamki, u jiddiy jarohatlardan qutulib qoldi, biroq yiqilish natijasida oyogʼi sinib ketdi. Voqea joyiga chimyonlik qutqaruvchilar yetib kelgan. Ular jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʼrsatib, kasalxonaga olib ketishgan.