Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida davlat raqami boʼlgan, tusi oʼzgartirilgan Lacetti rusumli avtomashinaning mayoqlari miltillagan holda koʼchalarda harakatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi voqea yuzasidan izoh berdi.
Xabarda aytilishicha, haydovchiga nisbatan protokol tuzilib, avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shu bilan birga, avtobloger Maqsud Muzaffarovning soʼzlariga koʼra, mashina Qamashin tumani hokimiga tegishli boʼlgan.