Toshkentda mast fuqaro sabab poezd favqulodda toʼxtatildi.

 

Joriy yilning 9 may kuni Toshkentda poezd yoʼlida uxlab yotgan mast fuqaroning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti maʼlum qildi.

Qayd etilishicha “Toshkent–Xoʼjakent” yoʼnalishi boʼylab harakatlanib ketayotgan elektropoezd “Salar–Nurhayot” temir yoʼl bekatlari oraligʼida noʼmalum fuqaro temir yoʼl ustida yotganligi sababli favqulodda toʼxtagan.

“Oʼzbekiston temir yoʼllari AJ”ga qarashli “Oʼzbekiston” lokomotiv deposi va IIV Transportda XTBB xodimlari oʼz xizmat vazifalarini tezlik bilan bajarib ushbu fuqaroning hayotini saqlab qolgan.

Аniqlanishicha, ushbu fuqaro Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi S.M. ekani, spirtli ichimlikni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilishi natijasida mast holatda temir yoʼl izida uxlab qolgani aniqlangan.

Fuqaro maʼmuriy sud qaroriga asosan Toshkent shahar IIBBga qarashli reabilitatsiya markaziga joylashtirilgan.

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash