12-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Oʼzbekiston “Mahalla” telekanalidagi koʼrsatuvdan parcha tarqalib, unda taklif qilingan ekspert tonirovka uchun toʼlovlarining bekor qilinishiga qarshi chiqqan edi.
Haydovchilik boʼyicha instruktor Orifjon Nazarovning fikricha, agar bola oynalari qoraytirilgan mashina ichida harakatlansa, dunyoni barcha ranglarini koʼra olmaydi va bu uning ruhiyatiga salbiy taʼsir qiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mutaxassisning soʼzlariga salbiy munosabat bildirishgan. Baʼzilarning taʼkidlashicha, tonirovka uchun toʼlovni bekor qilmaslik uchun sabab izlab, bolalarga yetib kelishgan.
Respublikaning quyoshli iqlimida esa tonirovka tom maʼnoda zaruratdir. Аvvalroq Oʼzbekistonda issiq havo boshlanishi munosabati bilan tonirovka uchun toʼlovni kamaytirish va hatto bekor qilish taklif qilingan edi.