Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi fuqarolar mahalla raisidan norozi!

Elparvar jurnalisti Oybek Botirov Qashqadaryo viloyatiga yetib bordi. Murojaat quyidagicha, Chiroqchi tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolar mahalla raisidan norozi bo’lishyapti. Ularning aytishi bo’yicha davlat tomonidan ajratilgan barcha nafaqa pullarini bermayotgan, bersa ham faqatgina bir qismini berib qolganini o’zlashtirar ekan. Videoni oxirigacha tomosha qilar ekansiz unda mahalla idorasini ham ko’rsatishgan. Ta’kidlanishicha mahalla raisi birgina beva bechoralarni emas balki mahalla idorasi uchun ajratilgan pullarni ham yeb yuborgan emish. Pullarni yeb yuborganiku bir tomon, murojaatchilarning aytishi bo’yicha hattoki eri yo’q ayollarga tunda telefon qilib shilqimlik qilar ekan. Ushbu ayollar shikoyat qilishmoqchi bo’lishsa ularga qattiq tahdid qilib qo’rqitar ekan. Oxiri iloji qolmasdan «Elparvar jamoasiga murojaat qilishdi. Videoni oxirigacha tomosha qiling.

 

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash