Tahririyatimizga kelib tushgan navbatdagi murojaat Buxoro viloyati Olot tumanidan kelgani yuzasidan jurnalistimiz Humoyun Mirzo voqea joyiga bordi hamda tasvirga olib qaytdi. Unda bayon qilinishicha Olot tumanida yashovchi chorvachi mollarini boqish uchun o’rmon xo’jaligi bilan shartnoma asosida yaylov maydonidan foydalanib kelgan. Faoliyatim davomida qonun doirasida, ijara pullarini to’lagan holda ishlab kelganman. Ammo bugungi kunga kelib yerimni olib qo’yib, chorvalarimni haydab yuborishmoqda deydi bizga murojaat qilayotgan hamyurtlarimiz. Uning ta’kidlashicha, hali ijara shartnomasining muddati tugashiga ancha bor ammo, o’rmon xo’jaligi mutasaddisi muddatidan avval yerini olib qo’ygan hamda boshqa bir tadbirkorga ijaraga bergan emish. Men hech ham noqonuniy ish qilmaganman, shartnoma shartlarini ham to’liq bajarib kelganman. Nega nohaqlik qilishadi, hatto mollarimni ham haydab yuborishmoqda deydi norozi bo’layotgan chorvachi.
Xo’sh, hamyurtimizning faoliyatiga haqiqatdan ham qarshilik qilishyaptimi, bizga aytilayotgan gaplar qanchalik haqiqat. Videoni tomosha qiling.