Maymun chechagini qaysi dori davolay olishi aniqlandi.

 

 

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi yaqin oʼtmishda Buyuk Britaniya shifokorlari maymun chechagi infektsiyasining bir holatini tekomvirimat — odam chechagiga qarshi dori bilan muvaffaqiyatli davolaganini aniqladi. Olimlarning xulosalari “Lancet” jurnalida chop etilgan maqolada eʼlon qilingan.

“Hamkasblarimiz maymun chechagi epidemiyasining ildizlarini va virus qanday tarqalishini ochishga urinayotgan bir paytda, biz ushbu kasallikka qarshi kurashda oʼtmishda qanday preparatlar qoʼllangan boʼlishi mumkinligi bilan qiziqdik”, degan Liverpulь universiteti ilmiy xodimi Xyu Аdler.

Bunday maʼlumotlarni olish uchun Аdler va uning hamkasblari Buyuk Britaniyaning barcha hududlarida xavfli yuqumli kasalliklarni oʼrganish boʼyicha ixtisoslashgan markazlar tomonidan soʼnggi besh yil ichida toʼplangan maʼlumotlarni tahlil qilgan. Umuman olganda, ushbu markazlar mutaxassislari 2018 va 2021 yillar oraligʼida sodir boʼlgan maymun chechagi infektsiyasining yettita holatini qayd etgan. Tahlillar shuni koʼrsatganki, davolovchi shifokorlar kasallikni ikkita virusga qarshi dori — brintsidofovir va tekomvirimat bilan bostirishga harakat qilgan.

Birinchisi suvchechak bilan kurashish uchun yaratilgan, ikkinchisi esa inson chechagi virusining koʼpayishini bostiradigan dunyodagi birinchi dori. Keyingi kuzatishlar shuni koʼrsatganki, brintsidofovir bemorlarga sezilarli yengillik keltirmagan. Shu bilan birga, uni qabul qilish jigarga yukni sezilarli darajada oshirgan, shuning uchun terapiya toʼxtatilgan. Bundan farqli oʼlaroq, tekomvirimat nojoʼya taʼsirlarni keltirib chiqarmagan, shuningdek, ushbu dorini qabul qilgan bemorning sogʼligʼi tiklanishini tezlashtirgan. Аdler va uning hamkasblarining fikriga koʼra, bu dori maymun chechagi virusiga qarshi kurashish uchun ishlatilishi mumkinligini koʼrsatadi. Olimlarning umid qilishicha, keyingi tajriba va kuzatishlar bu farazni tasdiqlaydi.

Yevropa uchun yangi virus tahdidi

Bir qator Gʼarbiy Yevropa davlatlarida joriy yilning aprelь va may oylarida tarqalgan maymun chechagi virusi boshqa qitʼalarda ham aniqlangan. Buyuk Britaniyadan tashqari, soʼnggi paytlarda Аvstraliya, Belgiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Portugaliya, АQSh, Frantsiya, Shveytsariya va Shvetsiyada ham infektsiya holatlari qayd etilgan.

Maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik boʼlib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh ogʼrigʼi, mushak ogʼrigʼi, bel ogʼrigʼi, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni oʼz ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo boʼlishi mumkin. JSST maʼlumotlariga koʼra, maymun chechagi epidemiyasi uchun oʼlim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, oʼlimning aksariyati yosh guruhlarda sodir boʼladi.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash