Samarqandlik tadbirkorning nolasi, pandemiya va yong’in qurboni.

Samarqand viloyati Pastdarg’om tumanidan bir tadbirkor tahririyatimizga murojaat yo’llagan.

Uning aytishicha, 2018-yili mazkur tadbirkor 1 gektarlik gidrapolikali zamonaviy issiqxona qurib, foydalanish maqsadida 509 ming dollar kiredit olgan ekan. Unga kerak bo’ladigan jizohlarni esa yuqoridagi summalarga Xitoy davlatidan olib kelishadi. Murojaatchining ta’kidlashi bo’yicha, kreditning tasdiq qarori chiqqunicha 2019- yilning yarimi o’tib ketib, issiqxonaning ishga tushgunicha esa 2020-yil ham kirib kelgan. Shu bilan barchaga ma’lum bo’lganidek, butun dunyoda covid-19 pandemiyasi boshlanib, tadbirkor issiqxonasidan to’liq foydalana olmagan.

«Bir amallab ishga tushirdik, ammo bir kuni qozonxonamizda nosozlik bo’lib, katta yong’in yuzaga keldi. Shundan so’ng barcha hosilimizdan ayrilib qoldik» –  deydi tadbirkor.
Bu vaqtlar oralig’ida esa hali hosil olib, undan foyda ko’rishga ulgirmagan tadbirkor kreditdan qarzlari anchagina ko’payib qolgan va elektor, gaz tarmoqlaridan uzib qo’yilgan.
Tadbirkorning murojaatining mag’zi shundan ibodatki, pandemiya va yong’in sabablarini inobatga olib unga imtiyozlar berilishini xohlayapti.

«Issiqxonamiz barcha zamonaviy talablarga javob beradi agar bizga imkoniyat berishsa, davlatimizga juda katta foydalar keltiramiz» –  deydi hamyurtlarimiz.

Videoni tomosha qilish.

 

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash