Westminster universitetiga 10,200 AQSH dollar evaziga o’qishga kiritib qo’ymoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Fargonada fuqaroni Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universitetiga 10,200  AQSH dollari evaziga o’qishga kiritib qo’ymoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy Jinoyatlarga Qarshi Kurashish departamenti  xabar berdi.

Qayd etilishicha Qo’qon shahrida fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirip , uning qizini  10 200 AQSH dollar evaziga Toshkent shahridagi xalqaro Westminster universitetiga o’qishga kiritib qo’yishni vada qilgan. Talab qilingan puldan 5,000 AQSH dollarini olayotgan  vaqtda  fuqaro A.A.  ushlangan.

DXHning Oqoltin tumani bo`limi tomonidan maqsadli tezkor tadbirda, fuqaro Sh.O'. boshka bir fuqaro O'.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga o'qish kiritib qo'ygan. Qo'shimcha  1 800 AQSh dollarini olayotgan  vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoiy ishlar olib borilmoqda. Bu haqida bosh prokratura huzuridagi Iqtisodiy Jinoyatlarga Qarshi Kurashish departamenti  xabar berdi.

 

Loading

Mavzuga oid xabarlar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash