Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ijtimoiy va boshqa turdagi ko‘maklar berilmoqda

Joriy yilning 11 oyi davomida “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish markazi”ga jami bo‘lib 140 nafardan ortiq daydilik va tilanchilik qilib yurgan shaxslar keltirilgan shulardan 45-nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 98 nafari chet el fuqarolari, 130 nafari erkaklar va 13 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Ushbu shaxslarga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilib, 39 nafar fuqaroning yaqin qarindoshlari topilib yashash manzillariga yuborilgan, 34 nafarini fuqarolik pasportlarini qayta tiklash maqsadida, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga, shahar va tuman IIBlariga va sudlarga so‘rovnomalar yuborilgan.

Markazga qabul qilib olingan, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar eng avvalo ularning kiyim-kechaklari va yotoqxonalarida Dezinfeksiya ishlari amalga oshirilib, shaxsini aniqlash ishlari olib boriladi. Yaʼni ular muqaddam jinoyat sodir etib, sudlanganligi yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar ro‘yxatida turish-turmasligi barchasi tekshiruvdan o‘tkaziladi. Shuningdek, ularning barmoq izlari olinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bundan tashqari markazga ularga tibbiy, psixologik, huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Shu kunga qadar Markazga olib kelingan shaxslardan 2 nafarida kasallik aniqlanib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan bo‘lsa, 8 nafari Bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda bandligini taʼminlash maqsadida, turli korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirish choralari ko‘rilgan.

Viloyat hududida turli xildagi jinoyatlar sodir qilganligi uchun 9 nafari Vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazilgan, 81 nafar chet el fuqarolari Respublika hududidan chiqarib yuborilgan.

Markazga olib kelingan shaxslarning 7 nafariga biometrik turdagi pasport rasmiylashtirilib, 4 nafariga nisbatan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qolgan shaxslarni shahar va tumanlariga doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish borasida, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan tuman hokimliklari bilan birgalikda mavjud muammolarni hal etish choralari ko‘rilgan.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Reabilitatsiya qilish bo‘yicha hamda shahar va tuman IIBlari bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 3 ta jinoyat ochilishiga erishildi va 2 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxslar aniqlanib ushlangan.

Bundan tashqari, Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatilishi bilan birga, ularga jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalarini singdirishga qaratilgan chora-tadbirlar ham amalga oshirilib, ularning bandligini taʼminlash, uy joy bilan bog‘liq muammolarini hal qilish uchun manfaatdor idora va tashkilotlari, hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda ishlar olib borilyapdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash