Qirg‘izistonda sobiq prezident Akayevga nisbatan Qumtor ishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoiy ta’qiblar to‘xtatildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayevga nisbatan Qumtor oltin koni bilan bog‘liq korrupsiya ayblovlari olib tashlandi. Bu haqda uning safdoshi Bekbo‘lat Talgarbekovga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Undan barcha ayblovlar olib tashlandi, so‘roqlar tugadi. Akayev kecha Moskvaga qaytdi”, — deydi Talgarbekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov davomida Akayevning “Senterra”da aksiyalari yo‘qligi, u Qumtordan daromad olmagani aniqlangan. Endilikda Akayev Qirg‘izistonga istalgan kunida uchib kela oladi.

14-dekabr kuni Qirg‘iziston sobiq prezidenti Asqar Akayev “Qumtor” ishi bo‘yicha yana Bishkekka kelgandi. U 1990-yildan 2005-yilgacha dastlab Qirg‘iziston SSR, so‘ng Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti bo‘lgan. 2005-yilda to‘qnashuvlar va prezident qarorgohining qirg‘in qilinishi voqealari hamrohlik qilgan “Lolalar inqilobi” deb nomlangan davrda Qirg‘iziston prezidenti lavozimidan chetlatilgan, so‘ng u Rossiyaga qochib ketgan.

Avgust oyida Akayev so‘roqdan o‘tgach, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mazkur ish bo‘yicha mamlakatning sobiq bosh vaziri Temir Sariyevni hibsga oldi. Qo‘mitada ma’lum qilinishicha, uning xatti-harakatlari Qirg‘izistonga “katta zarar” keltirgan, chunki u Qumtorda oltin qazib olish natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdorini bir necha million dollarga kamaytirib ko‘rsatgan. “Qumtor” ishida Qirg‘iziston parlamentining deputatlari va amaldorlar gumon qilinmoqda.

Oldinroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Akayev 1992-yilda Qumtor loyihasi bo‘yicha bosh kelishuv, 1994-yilda unga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, 2003-yilda Cameco kompaniyasi bilan bosh shartnomani qayta tuzish ishi bo‘yicha sobiq yuqori martabali amaldorlar bilan bir qatorda jinoyat ishiga jalb etilgan.

Oltin zaxirasi 700 tonnaga baholanayotgan Qumtor koni bo‘yicha ish konni qazish huquqini 1992-yilda tendersiz qo‘lga kiritgan Kanadaning “Kameko” kompaniyasi bilan bog‘liq. Mamlakat huquq-tartibot idoralari kelishuvni Qirg‘iziston uchun noqulay, deb hisoblamoqda. 2003-yildagi bitim ham korrupsiyaga uchragan, deb hisoblanadi, chunki “Kameko” bilan bosh kelishuvni qayta tuzish natijasida Qirg‘izistonning qo‘shma korxonadagi ulushi 25,7 foizga kam baholangan.

Loading

Mavzuga oid xabarlar

BO`LIMLAR

Soʼnggi yangiliklar

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash