Toshkent viloyatida sharsharada selfiga tushmoqchi boʼlgan sayyoh yiqilib, oyogʼini sindirib oldi.

Hodisa kecha, 2-may kuni soat 15:00 atrofida Yangi qoʼrgʼon qishlogʼi yaqinida sodir boʼlgan. Soi Mazor sharsharasi choʼqqisiga bir yigit koʼtarilib, u yerda suratga tushmoqchi boʼldi. Natijada u sirpanib, balandlikdan qulagan.

Yaxshiyamki, u jiddiy jarohatlardan qutulib qoldi, biroq yiqilish natijasida oyogʼi sinib ketdi. Voqea joyiga chimyonlik qutqaruvchilar yetib kelgan. Ular jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʼrsatib, kasalxonaga olib ketishgan.

 

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash