Toshkent viloyati Chinoz tumandan murojaat. Aybdor prokurormi?!

Bundan 3 oy avval tahririyatimizga Toshkent viloyati Chinoz tumanidan Mamadiyev Anvarbay nomli shaxs murojaat qilgan. Jurnalistimiz voqea joyiga borib reportaj tayyorlagan edi. Shundan so’ng muammoga e’tibor qaratilib, tegishli mutasaddilar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Hozirga kelib esa yana 2-marotaba murojaat qilyapti. Uning aytishi bo’yicha unga ochilgan ishdan va ish ochgan xodimlarning faoliyatidan norozi ekanligini bildirmoqda. Unga qo’yilgan ayblovlarini noto’g’rilini bilgan sud ishni qaytargan va qayta ko’rib chiqishni buyurgan. Ammo bu ishni olib borayotgan xodimlar yana qayta shu ayblovlarni qo’yib ish ochmoqda ekan. Murojaatchining aytishi bo’yicha tergovchisi Hakimov Shoxruxmirzo nohaq ayblab uni «Toshturma»ga qamab qo’ygan. Buning ortidan esa qarindoshlariga xabar berib, 600 mlnga yaqin pul miqdorini davlat bojiga to’lattirgan. Ish sudga oshirilgach tergovdagi ishlarning kamchiligini bilgan sud ishni qaytarib, Mamadiyevning foydasiga qayta ko’rishini buyurgan. Sud 5 ta yo’nalish bo’yicha Mamadiyevning aybsizligini ko’rib chiqish bo’yicha topshiriq bergan. Ammo bularni qanoatlantirmagan. Natijada «xodimlarni kamchiliklari yuzaga chiqmasligi uchun yana qasddan ayblovlar qo’ymoqda» – deydi bizga murojaat qilayotgan Mamadiyev Anarbay.
Xo’sh, murojaatchini aynan nimalar qiynayapti. Keling barchasini uning o’zidan eshitsak. To’liq YouTube sahifamizda tomosha qiling.

 

Loading

Ob-havo

Tezkor xabar yo`llash

Tezkor xabar yo`llash