Transport vazirining “Temiryo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bilan temiryo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 7 bob va 5 ilovadan iborat qoidalar temiryo‘l tashishlari xavfsizlik darajasini oshirishni ta’minlash, yo‘l transport hodisalarini hamda texnologik va texnogen xarakterdagi tahdidning oldini olish maqsadida xalqaro amaliyot va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan.

Qoidalarda:

  • temiryo‘l kesishmalarini ko‘rikdan o‘tkazish hamda ochish va yopish, temiryo‘l kesishmalarining tasnifi va toifalarini aniqlash bilan bog‘liq normalar;
  • temiryo‘l kesishmalarining tuzilishi, jihozlanishi va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar;
  • temiryo‘l kesishmalari chegarasida va ularga olib boradigan yo‘llarda joylashgan temiryo‘l kesishmalari, avtomobil yo‘llari uchastkalari tuzilishi, jihozlanishi, foydalanilishi, saqlanishi va ta’mirlanishiga bo‘lgan talablar;
  • temiryo‘l kesishmalarida navbatchi xodimlar xizmatining tashkil etilishiga bo‘lgan talablar belgilandi.